Palingenezis, palingenez (yun. palin — qayta, yana va genesis — kelib chiqish, tugʻilish) — Yerning chuqur qatlamlaridagi magmatik togʻ jinslarining qisman yoki toʻla erib magmaga aylanish jarayoni. "P." termini fanga finlandiyalik geolog Ya. Syoderxolm tomonidan kiritilgan (1907 yil). Geotektonik sharoitga qarab P.ga uchragan togʻ jinslarining choʻkish yoki qatlamlarning bir-birining ostiga siljish jarayonlari farq qilinadi. Palingen magmaning Yer yuzi yaqiniga koʻtarilishi orogen intruzivlar va diapir-plutonlar paydo boʻlishiga olib keladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil