Pandiron masjidi - Qashqadaryo viloyati Pandiron qishlogʻidagi meʼmoriy yodgorlik (15—16-asrlar). Masjid tepalikka qurilgan. Bosh tar-zi chuqur ravoqli, peshtoqli, pastak gumbazli darvozaxonadan 3 gumbazli xonaga oʻtiladi. Xonalar murabba tarqli (tashqi tomoni 12,5 x 11,6 m, ichki tarhi 10x10 m). Uch tomoniga qurilgan ayvonlar saqlanmagan. Xonalarning yon tomonlarida kichik ravoqli eshik, tepasiga tobadonlar ishlangan. Xonaqoh gumbazi (diametri 4,15 m) qalqonsimon bagʻallarga tayangan. Pandiron masjidi pishiq gʻisht(26—27 x 5 sm)dan, ganch qorishmasida qurilgan. Pandiron masjidi oʻziga xos mahalliy meʼmorlik uslubi, mahobati va nisbati bilan ajralib turadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil