Pangat qishlogʻi – Oʻzbekistonning soʻlim goʻshalaridan biri

tahrir

Pangat – "yuqori qishloq", "balandlikdagi qishloq" kabi ma'nolarni beradi.

Joylashuv oʻrni

tahrir

Pangat qishlogʻi dengiz sathidan 1127 metr balandda, Samarqand viloyatining Shimoliy qismida, Nurota togʻ tizmasidada joylashgan eng soʻlim va bahavo qishloqlaridan biri hisoblanadi. Bu qishloq Qo'shrabot tumaniga kiradi.

Aholisi

tahrir

Pangat soyi boʻylab joylashgan qishloqlar aholisi asosan chorvachilik, bogʻdorchilik va qisman dehqonchilik bilan kun kechirishadilar. Ayniqsa, Pangat yongʻoqlari Samarqand bozorlarida alohida oʻz oʻrniga ega. Aholi soni 24,781 ga yetadi.

Bu qishlog' qadimiy qishlog'lardan bo'lib 300 yildan ortiq tarixga ega. Sayyohlarni bu yerning toza havosi va go'zal tabiati o'ziga chorlaydi. Shuning uchun turli sayohat turlari tashkil etilgan. Pangat qishlog'i Egizbuloq kabi ziyoratgohlarni o'z ichiga oladi.

Manbalar

tahrir
  1. https://telegra.ph/PANGAT-QISHLOGI---YANGI-SAYYOHLIK-YONALISHI-05-06 Pangat qishlog'ida yangi sayyohlik yo'nalishi

Havolalar

tahrir