Anatoliy Nikolayevich Panin (1949.12.3, Rossiya Federatsiyasi Tula viloyati Uzlovskiy tumani) — kon ekskavatori mashinisti, Oʻzbekiston Qahramoni (1995). Mehnat faoliyatini 1967-yilda Tula viloyati Novomoskovsk shahridagi qurilish boshqarmasida ekskavator mashinisti boʻlib ishlashdan boshlagan. 1970-yildan Navoiy viloyati Uch-quduq shahridagi Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli oltin rudalari ochiq usulda qazib olinadigan konlarda ekskavator mashinisti yordamchisi, ekskavator mashinisti, 1983-yildan shu boshqarmaga qarashli ochiq usuldagi "Sharq" konida ekskavator mashinistlari brigadiri.

P. oltin rudalarini ochiq usulda qazib olishda samarali va ilgʻor tajribalardan unumli foydalanib, ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishdi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil