Panja qanotli baliqlar
Panja qanotli baliqlar — balikdar infra sinfi (baʼzan kenja sinfi yoki katta turkumi). Ilk devondan maʼlum, boʻr davri oxiriga kelib deyarli qirilib ketgan. Oʻrta devonda Panja qanotli baliqlar dastlabki quruqlikda yashovchi umurtqalilar kelib chiqqan. Uzunligi 7 sm dan 5 m gacha. Bosh qutisi toʻliq suyaklangan, yuqori jagʻi bosh qutisi bilan bogʻlangan. Tishlari koʻp, konussimon. Chanoq kamari 2 ta plastinkaga oʻxshash. Juft suzgichlari yoʻgʻon, muskulli, bir necha panjasimon tarmoqdangan boʻgʻimlardan iborat; tayanch funksiyasini ba-jaradi. 5 ta (jumladan, 4 ta qazilma) turkumi mavjud. Chuchuk suv ripidistlari suvda va quruqlikda yashovchshshrning bevosita ajdodi hisoblanadi. Selakantasimonlar turkumiga mansub 1 ta turi hozirgi Hind okeani (Afrikaning sharqiy sohillari yaqini)da uchraydi[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |