Panjgoh
OʻzME
Panjgoh (fors. – besh parda, besh pogʻona) – 1) Oʻrta asr Oʻn ikki makom tizimida muayyan shoʻba nomi; 2) Shashmaqom tarkibidagi Rost maqomi mushkilot boʻlimida „Muhammasi Panjgoh.“ nomi bilan yetib kelgan cholgʻu qism. Uning oʻziga xos ijod yoʻllaridan biri Rosi Panjgoh deb ataladi; 3) Xorazm maqomlarining biri. Turkumda soʻnggi oʻrin egallagan boʻlib, faqat cholgʻu qismlardan iborat. Parda tuzilishi hamda kuy mavzulari Rost maqomiga tutash boʻlgani sababli Panjgoh mustaqil maqom darajasida tan olinmagan; 4) uygʻur oʻn ikki muqomlarshganlardan biri[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |