Panjobilar — Pokiston (Panjob viloyati, 81 mln. kishi, 1990-yillar oʻrtalari) va Hindiston (Panjob shtati, 8,9 mln. kishi)dagi xalq. Umumiy soni 90 mln.ga yaqin kishi. Panjobi tilida soʻzlashadi. Hindistondagi P., asosan, hinduizmga, Pokistondagilar esa, islom diniga (asosan, sunniylar) eʼtiqod qiladi. Panjob, madaniyatning eng qad. beshiklaridan biri hisobla-nadi. Miloddan avvalgi 3-ming yilliqsa bu hududda Xapanna madaniyati tarkalgan. P. et-nik va til jihatdan Oʻrta Osiyo va Eronning eng qad aholisi bilan qardosh. Panjobni bosib olgan forslar, yunonlar, saklar va parfiyaliklar, kushonlar, arablar, turkiylar, moʻgʻullar P.ning tarixiy etnogenezida maʼlum rol oʻynagan. Bobur Hindistonni zabt etgandan soʻng (1526) Panjobga afgʻonlar va oʻzbeklar ham koʻchib kelgan. P. xalqsifatida 17—18-asrlardashakllangan. Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, hunarmandchilik.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil