Panna olmos rayoni
Panna olmos rayoni - Hindistonning Madhya-Pradesh shtatidagi qimmatbaho toshlar konlari joylashgan mintaqa. Umumiy maydoni 1700 km². Tub jinslarda joylashgan mashhur Majga-on va bir nechta sochma olmos konlari bor. Majgaon kimberlit konining maydoni 500x350 m boʻlib, 270 m chuqurlikgacha zaxiralari 4,5 mln. karat miqdorida ba-holangan; bu konda miloddan avvalgi davrlarda ham olmos qazib olinganligi maʼlum, hozirgi vaqtda yiliga 12 ming karat atro-fida olmos qazib olinadi (oʻrtacha 100 t kimberlit jinslaridan 10,7 karat olmos olinadi). Bundan tashqari, Panna olmos rayonir.da turli kimmatbaxr va zebu ziynat buyumlari yasashda ishlatiladigan toshlar (zumrad, akvamarin, sapfir, yoqut, oytosh, ametist, safsar, granat, aqiq) sochma konlardan olinadi. Aqiqning yirik sochma konlari Gujarot, Maqarashtra va Bihar shtatlarida joylashgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |