Panpsixizm (pan... va yun. psyche — ruh, jon) — tabiatni umuman jonli deb hisoblovchi tasavvur. Panpsixizmning tarixiy shakllari xilma-xil boʻlib, ibtidoiy eʼtiqod boʻlgan animizm va yunon falsafasidagi gilozoizmdan tortib to ruh va psixikani dunyoning haqiqiy mohiyati deb talqin etuvchi rivojlangan taʼlimot (G.V.Leybnitsning monada konsepsiyasi, G.T.Fexner, K.G.Yung va boshqalarning falsafiy gʻoyalari)gacha oʻz ichiga oladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil