Pantograf
Pantograf (pan... va graf) — 1) bir masshtabdagi chizma plan va haritalar-. ni boshqa (odatda, kichik) masshtabda va, aksincha, koʻchirib chizadigan asbob. Turli oʻlcham va konstruksiyalarda yasaladi. Uning osma gʻildirakchali va boshqa xillari boʻladi. Asl nusxa masshtabi bilan koʻchirilayotgan nusxa masshtabi nisbatini xohlagancha uzgaotirish mumkin; 2) motorli vagon yoki elektrovoz tomiga oʻrnatilib, kontakt tarmogʻi simidan tok oladigan qurilma. Prujinalar yordamida kontrakt tarmogʻiga qisib turadigan polzun (changʻilar va kontakt quymalar) dan iborat. P. yuqori tezlikda sim bilan yaxshi kontakt hosil qilishga imkon beradi, transprotning yoʻnalishi oʻzgarganda qayta oʻrnatishni talab qilmaydi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |