Pantomima (yun. pantomimos — fa-kat tana harakati bilan oʻynovchi aktyor, taklid) — sahna sanʼati turi. Unda badiiy obraz soʻzsiz, mimika, imo-isho-ra, gavdani har maqomga solish orqali yaratiladi. P.Yevropada Yunoniston va Rimda, Osiyoda Xitoy, Hindiston, Xo-razm, Baqtriyada miloddan avvalgi 5—4-asrlarda yuzaga kela boshlagan. Oʻrta asrlarda P. katta bir sanʼatga aylanib, koʻpgina janrlarda (drama, fojia, ertak, pamflet kabi) qoʻllandi. Baʼzan musiqa, ashula, hatto deklamatsiya (suxanpardozlik) bilan qoʻshib olib boriladi. 20-asrda P.da Marsel Marso mashhur boʻldi.

Oʻzbek xalqining qad. masxa-rabozlik teatrida ham P. sanʼati katta oʻrin egallagan. Taqlid deb atalgan uzbek P.si, xususan, Amir Temur va Temur iylar saltanatida yaxshi taraqqiy etgan. 19-asr 2yarmi va 20-asr boshida Buxoro amirligi va Xiva xonligi hududida yashovchi masharabozlar, Turkiston oʻlkasidagi qiziqchilar tomonidan yaratilgan 3 toifa P.lar rasm boʻlgan: qush va hayvonlar takdi-di — ramziy P.lar va ijtimoiy hayot voqealarining umumlashma inʼikosi — hajviy P.lar. Sovet davrida P.ga kam eʼtibor berildi. Shunga karamay, Xorazm, Fargʻona vodiysida P. ustalari hamon uchraydi. Rej. va dramaturg L. Boboxonov uzbek P.sini tiklash boʻyicha birmuncha ishlar qildi: badiiy dastur tuzdi, "Qoʻgʻirchoqboz" degan film yaratdi. Soʻnggi yillarda P. mavqeini tiklash boʻyicha qiziqchi Mirzabek Xolmedov faoliyati eʼtiborlidir.

Muhsin Qodirov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil