Papercut

Linkin Park guruhi singli (2001)

Papercut“ (tarjimasi„Qogʻozdan kesilish“) — AQShda tuzilgan „Linkin Park“ rok musiqa guruhining „Hybrid Theory“ nomli ilk studiyaviy albomiga kiritilgan qoʻshiq. 2001-yilning 18-iyunida albomning uchinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. „Papercut“ albomga kiritilgan birinchi trek boʻlib, guruhga katta shuhrat olib kelgan ilk taronalarning biridir. Guruh solisti Chester Bennington „Papercut“ guruh ijrosidagi eng sevimli qoʻshiqlaridan biri ekanligini aytgan.

„Papercut“
Linkin Park qoʻshigʻi
„Hybrid Theory“ albomidan
B tomon
Chiqarilgan sanasi 18-iyun 2001-yil[1]
Yozib olingan Los-Anjeles, 2000
Janr
Davomiyligi 3:05
Leybl Warner Bros.
Matn muallif(lar)i Linkin Park
Prodyuser(lar) Don Gilmore
Linkin Park singllari xronologiyasi
„Crawling“
(2001)
Papercut
(2001)
„In the End“
(2001)
Klipi
„Papercut“ YouTubeda

Qoʻshiq Britaniya singllar xit-paradida 14-pogʻonagacha koʻtarilgan[6]. 2002-yilda Modern Rock Tracks xit-paradida 32-pogʻonagacha koʻtarilgan[7]. 2017-yilgacha tarona Internetda 500 ming martadan oshiq nusxada sotilgani uchun Recording Industry Association of America tomonidan oltin sertifikat bilan taqdirlangan[8]. Qoʻshiq 2001-yil suratga olingan „The One“ filmida yangraydi.

Taronaning DJ Cheapshot hozirlagan remiksi „Ppr:Kut“ nomi bilan guruhning 2002-yil eʼlon qilingan „Reanimation“ remikslar albomiga kiritilgan. Bundan tashqari, „Linkin Park Underground 4.0“ hamda „Songs from the Underground“ CDlariga kiritilgan „Sold My Soul to Yo Mama“ kompozitsiyasida „Papercut“ elementlaridan foydalanilgan. 2004-yil eʼlon qilingan „Collision Course“ mini-albomidan „Papercut“ hamda Jay-Z ijrosidagi „Big Pimpinʼ“ qoʻshiqlari qorishmasi oʻrin olgan. 2005-yil „Papercut“ qoʻshigʻining David Banner ijrosidagi „Like a Pimp (Remix)“ qoʻshigʻi bilan qorishmasi „David Banner vs. Linkin Park“ nomi bilan eʼlon qilingan.

„Papercut“ qoʻshigʻi uchun Nathan Cox hamda „Linkin Park“ tyornteyblchisi Joseph Hahn rejissorligida klip suratga olingan. Qoʻshiq elektrogitaralar bilan ijro etilgan boʻlishiga qaramay, klipda Brad Delson akustik gitara, Dave Farrell esa akustik bas-gatara ijro etayotgani tasvirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. „New Releases This Week: Singles“ (PDF). Music Week. June 16, 2001. 31-bet. Qaraldi: June 13, 2022.
  2. „26 Nu Metal Workout Songs“. Bodybuilding.com (2015-yil 28-may). Qaraldi: 2015-yil 8-sentyabr.
  3. Morton, Luke „The secret history of Linkin Park's Hybrid Theory: In their own words“. Kerrang!. Qaraldi: 2021-yil 6-sentyabr.
  4. „10 Essential Rap-metal songs as chosen by Neshiima“. loudersound.com (2019-yil 31-iyul). Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.
  5. „Linkin Park: 12 Essential Songs“. Rolling Stone. July 20, 2017. Qaraldi: November 3, 2021.
  6. Roberts, David. Guinness Book of British Hit Singles and Albums, 18th, Guinness World Records Limited, 20 May 2005 — 299-bet. ISBN 1-904994-00-8. 
  7. Linkin Park. „Linkin Park - Awards“. AllMusic. Qaraldi: 2012-yil 12-iyul.
  8. „Gold & Platinum“. Recording Industry Association of America.

Havolalar

tahrir