Parabioz
Parabioz (para... va ... bioz) — 1) tirik toʻqimaning qoʻzgʻatuvchi taʼsiriga javoban kechiradigan davriy holati. Nerv (muskul)ning oʻzgargan qismi taʼsirchanligi pasayishi tufayli beriladigan qoʻzgʻalish ritmini oʻtkazmaydigan boʻlib qoladi. P. haqidagi tushunchani rus olimi N. Ye. Vvedenskiy ishlab chiqqan. P.ning rivojlanishi bir necha fazalar orqali oʻtadi. Provizor, yaʼni tenglashtirish fazasida nerv (muskul)ning davriy impulslarni oʻtkazish xususiyati har qanday qoʻzgʻalish kuchiga nisbatan bir xilda pasaygan boʻladi. Paradoks al faza — kuchli qoʻzgʻalishlar nervning oʻzgargan qismi orqali oʻtkazilmaydi, kuchsiz qoʻzgʻalishlar esa muskullarning kuchli qisqarishiga olib keladi. T o r mozlovchi faza — nervning qoʻzgʻalishni oʻtkazish xususiyati butunlay yoʻqoladi. P. — qaytar hodisa, lekin zararlovchi omilning kuchayishi hayotiy faoliyatning butunlay izdan chiqishi va oʻlimga olib kelishi mumkin. Vvedenskiy P.ni turgʻun, yaʼni oʻzgarmas qoʻzgʻalishning oʻziga xos holati, kelayotgan qoʻzgʻalishlar toʻlqini turgʻun qoʻzgʻalishlar bilan birga qoʻshilib chuqurlashtirishi hamda nerv markazlarida qoʻzgʻalishni tormozlanishga oʻtish modeli sifatida qaragan. Zamonaviy ada-biyotlarda "P." termini, asosan, eks-tremal va patologi k vaziyatlarga nisbatan qoʻllanadi.
2) Bir organizmning ikkinchisi bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganish maqsadida 2 ta (baʼzan 3 ta) hayvonni qon aylanish sistemasi yoki ular terisini tikib qoʻyish orqali sunʼiy birlashtirish. Tuban tuzilgan organizmlarda (boʻshliq-ichlilar, chuvalchanglarda), shuningdek, dumli suvda va quruqlikda yashovchilarda P.ni amalga oshirish ancha oson, is-siqqonli hayvonlarda bu juda mushkul.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |