Parafin (nem. paraffin, lot. ragshp — oz va affins — oʻxshash) — toʻyingan qattiq uglevodorodlar C18 — C35 aralashmasi. Mol. m. 300—400. Sof P. rangsiz, hidsiz, taʼmsiz modda. Qoʻlga yogʻdek unnaydi, suvda, spirtda erimaydi, koʻpgina organik erituvchilarda va mineral moylarda yaxshi eriydi. Suyuqlanish temperaturasi 45—65°C, zichligi 880– 915 kg/m3. P., asosan, deparafinizatsiya usulida ketonlar bilan toluol aralashmasidan, moyli neft distillatlarini moysizlantirish va tozalash yoʻli bilan, shuningdek, sunʼiy usulda uglerod (I)-oksidni vodorod bilan qaytarib olinadi. Izolyasion material sifatida, yogʻochni parafinlashda, qogʻoz, toʻqimachilik, poligrafiya, koʻn, lokboʻyoq sanoatida, elektrotexnika, tibbiyotda qoʻllanadi. Yuqori yogʻ kislotalari, spirtlar, yuvuvchi va sirt faol moddalar olishda ishlatiladi (yana qarang Toʻyingan uglevodorodlar).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil