Paragangliylar
Paragangliylar (yunoncha: para... va gangliy) — umurtqali hayvonlar va odamning endokrin bezi. Asosan, katexol-aminlarni ishlab chiqaradi, nerv sistemasining xemoretseptorlik vazifasini bajaruvchi qoʻshimcha organi hisoblanadi. Eng kuchli P. buyrak usti bezi magʻiz moddasidan, bel va aortadagi P. sekretor xromaffin hujayralar, qoʻshimcha hujayralar (qoplama tipdagi neyrogliyalar) va biriktiruvchi toʻqimalardan tashkil topgan. Embriogenezda ular simpatik nerv sistemasi neyroblastlari bilan birga hosil boʻladi va koʻchib oʻtadi. Boshqa P. — noxromaffinlar (asosan, parasimpatik nerv sistemasi tarmoklangan joylarda), jumladan, koʻz ichidagi P., oʻpka, koʻmik, miya poʻstlogʻidagi P., karotidli P., tana va qoʻl-oyoq nervlaridagi P. hisoblanadi. Ular IX va X juft orqa miya nervining embrional asoslaridan hosil boʻladi.
P. dastlab tuban umurtqali hayvonlarda paydo boʻlgan va, asosan, retseptorlik vazifasini bajargan. Filogenezda P. asta-sekin endokrin organ sifatida shakllana boshlagan. Umurtqali hayvonlarda P. tabaqalashgan: xromaffin hujayralarning sitoplazma-tik toʻrlari tarkibida noradrenalin (noradrenotsitlar) yoki mayda fanulalarda koʻp miqdorda adrenalin (adrenotsitlar) boʻladi; noxromaffin qujayralar katexolamin boʻlmagan polipeptid gormonlarni sintezlaydi deb taxmin qilinadi. Ayrim P.da (karotidli yurak usti gangliylari) kislorod yetishmasligini seza oladigan va unga javoban sekret ajrata oladigan xusu-siyat rivojlangan. Koʻpchilik P. hujayra yoki qon tomiri devorlariga yopishib turadi yoki oʻsha joyda hosil boʻladi. P. streyesga qarshi organizm faoliyatini bir meʼyorda ushlab turish uchun barcha sistemalarni faollashtirishdan ibo-rat. Organizmda P.ning ishlab chiqarilishini xususiy va umumiy fiziologik reaksiyalar nazorat qilib turadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |