Parallaktik qurilma
Parallaktik qurilma, ekvatorial qurilma — teleskopning optik oʻqini olam oʻqiga parallel qilib oʻrnatishda ishlatiladigan qurilma. Bunda yoritkichlarning ogʻish burchagini koʻrsatuvchi belgilar ogʻish oʻqiga perpendikulyar oʻtka-zilgan doiraga qoʻyiladi. Teleskopii olam oʻqi atrofida soat mexanizmiga oʻxshash mexanizm aylantiradi. Hozirgi teleskoplarning koʻpchiligi Parallaktik qurilmali qilib yasaladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |