Parallelizm (adabiyotshunoslikda) (qadimgi yunoncha: παραλληλισμος)— poetik nutq usullaridan va tasvir vositalaridan biri hisoblanadi. P. badiiy matnning oʻzaro bogʻliq qismlaridan nutq unsurlarining oʻxshash yoki aynan bir xilda joylashuvini taqozo etadi. Unda, odatda,ikki hodisa yonma-yon (parallel) qoʻyib tasvirlanadi. Bu, tabiatdan olingan biror obraz bilan inson hayotidan olingan obrazning oʻzaro oʻxshashligini koʻrsatish misolida, shuningdek, bir-biriga oʻxshash ikki obrazning oʻzaro zid tomonlarini qiyoslash shaklida namoyon boʻlishi mumkin. Mavzusi yoki mantig'iga koʻra bir-birini takrorlamaydigan yoki toʻldiradigan ikki hodisa yonma-yon qo'yilgan hollar ham bo'ladi. P. dastlab xalq ogʻzaki ijodida keng tarqalib, so'ng badiiy adabiyotda o'zlashtirilgan. Forsiy va turkiy adabiyotshunoslikda P. mutobiqa deyilgan. O'zbek mumtoz nasrida mutobiqaning yetuk namunalari ko'p. [1]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil