Paraskevi Kiriazi - (albancha: Parashqevi Qiriazi. 1880 - 1970) - albaniyalik ayollar ta'limini rivojlantirish bo'yicha yetakchisi, o'qituvchi va pedagog.

Paraskevi Kiriazi
Parashqevi Qiriazi
Tavalludi
Paraskevi Kiriazi

1880-yil 2-iyun
Usmonli imperiyasining Monastir viloyati
Vafoti 1970-yil 17-dekabrda
Albaniyada Tirana shahrida
Fuqaroligi Usmoniy turkiya va Albaniya
Kasbi o'qituvchi

Biografiyasi

tahrir

1880-yilda Usmonli imperiyasining Manastir shahrida, hozirgi Makedoniyaning Bitola shahridagi, Kiriazi oilasida dunyoga keldi. Uning oilasida ikki aka-uka va ikki opa-singil boʻlgan.

O'n bir yoshida u akasi Gerasim va singlisi Sevastigalarni, 1891-yil 15-oktyabrda Korcha shahrida ochilgan Albaniyadagi birinchi qizlar maktabida qizlarni o'qitishda yordam bera boshladi.[1] Keyinchalik u Istanbuldagi Robert kollejida o'qigan va Korchega jo'nab ketgan. Bu yerda u 1887-yilda ochilgan birinchi alban boshlang'ich maktabida o'qituvchi bo'lib ishlagan.

1908-yilda u Manastir kongressida qatnashgan yagona ayol edi Kongressda yangi alban alifbosini tuzishga qaror qilinishida jonbozlik ko'rsatgan. U shuningdek, Albaniyaning qishloqlarida bolalar ta'limi va kechki maktablarni tashkil qilish bilan mashhur bo'lib, u yerda mahalliy kutubxonalarni yaratishga yordam berdi. U 1909-yilda Mengjesit uyushmasining tashkil etilishiga hissa qo'shgan. 1917-yilda u singlisi va eri bilan AQShga ko'chib o'tganida, u yerda xuddi shu nomdagi davriy nashr jurnalini chiqargan(1920-yilgacha). Jurnal ikki haftada bir marta chiqarilib, Albaniya siyosati, jamiyati, tarixi, filologiyasi, adabiyoti va xalq ogʻzaki ijodiga oid materiallarni oʻz ichiga olgan.

1914-yilda u qarindoshlari bilan Ruminiyaga, keyin esa Amerikaga ko'chib o'tdi. U yerda u alban-amerikalik jamiyatining a'zosi bo'ldi. Jamiyat nomidan 1919-yilda Parijdagi Tinchlik konferensiyasida qatnashdi va u yerda albanlarning huquqlarini himoya qildi. U 1921-yilda Albaniyaga qaytib keldi va u yerda jamoat va siyosiy hayotda qatnashishni davom ettirdi. U Tiranada "Kyrias" nomini olgan Xotin-qizlar institutini (singlisi bilan) va keyinchalik direktor sifatida tashkil qildi. 1928-yil oktyabr oyida u Tiranada qirolichaning onasi va qirol Zoguning singlisi malika Kseniya homiyligida mavjud boʻlgan "Gruaja Shqiptare" (alban ayoli) tashkilotini tuzdi va butun mamlakat bo'ylab filiallari tashkil etildi. Tashkilot o'z faoliyatidagi ishlar ta'lim, gigiyena va xayriya faoliyatini rivojlantirish, Albaniya jamiyatida ayollarning rolini oshirishga qaratilgan edi. Oliy ma'lumotli boʻlgan Paraskevi unda rahbarlik lavozimini egalladi. 1929-1931-yillarda ushbu tashkilot o'zining " Shqiptarja " nashrini bosib chiqardi. Unda Paraskevi va uning singlisi Sevasti faol ishlagan.

1939-yilda Italiyaning Albaniya hududiga bostirib kirishidan boshlab, Kiriazi butun Ikkinchi Jahon urushi davomida fashizmga qarshi partizanlik pozitsiyasida turdi. Uning qarashlari tufayli, u singlisi bilan birga qo'lga olinib, Belgrad yaqinidagi Banika konslageriga joylashtirildi. Urushdan keyin ular ozod qilindi va Tiranaga qaytib keldi. Qirol Zogu bilan aloqalari uchun opa-singillar oilasi bilan qatag'on qilindi. Albaniyalik olim va antifashist Skander Luarasining sa'y-harakatlari, shuningdek, siyosatchi Vito Kaponing aralashuvi bilan opa-singillar qisman reabilitatsiya qilindi.

Paraskevining sog'lig'iga qamoq sharoitlari qattiq ta'sir ko'rsatdi.1970-yilda Tiranada vafot etgan.

Xotirasi

tahrir
  • Kiriazi opa-singillari "alban ta'limining onalari" hisoblanadi.[2] Alban aholi punktlaridagi ko'plab ta'lim muassasalari ularning nomlari bilan ataladi.
  • Nyu-Yorkdagi "alban-amerikalik ayollar" tashkiloti opa-singil Kiriazi sharafiga nomlangan.

Yana qarang

tahrir
  • Alban alifbosi

Manbalar

tahrir
  1. Elsie, Robert. Historical Dictionary of Albania. Scarecrow Press Inc., 2010 — 377—378-bet. ISBN 978-0810861886. (Inglizcha)
  2. „Nënat e kombit, historia e motrave Sevasti dhe Parashqevi Qiriazi“ (sq). "Bota Sot" Online (2012-yil 30-mart).

Havolalar

tahrir