Paratireoid gormon
(Paratgormondan yoʻnaltirildi)
Paratireoid gormon, paratgormon — odam va hayvonlarning qalqonsimon bez oldi bezlarida hosil boʻladigan gormon. 1925-yilda kanadalik olim J. Kollip tomonidan buqaning qalqonsimon bezidan ajratib olingan. Suyaklardan qonga kalsiy chiqishini, buyraklardan kalsiy va fosfat ajralishini kuchaytiradi. Kimyoviy tabiatiga koʻra — polipeptid.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |