Parazit chuvalchanglar
Kirish
tahrirParazit chuvalchanglar - parazitlik qilib umr kechiruvchi chuvalchansimon organizm bo'lib ular boshqa organizm (ho'jayin organizm) ichida yashaydi.[1]Parazit hayot kechirish chuvalchanglarning tashqi tuzilishiga va hayot kechirish xususiyatlariga katta ta'sir qiladi.
Parazit chuvalchanglarning xilma-xil turlari mavjud. Quidagi ro'yhatda 5 ta parazit chuvalchangning turlari haqida ma'lumt berib o'tamiz.
Exinokokk - yassi chuvalchanglar tipiga kiruvchi tasmasimon chuvalchangdir. Exinokokk boshidagi ikki juft so'rg'ichlari yordamida ichak devoriga yopishib oladi va parazitlikni boshlaydi. Bu parazitning tuxumlari juda tez tarqaladi, va bunga sabab: ular yem-xashak orqali qoramol, qo'y, ot va tuya kabi hayvonlarning ichagiga tushadi va qon sistemasi orqali jonzodning asosiy organlariga (o'pka, jigar va boshqa organlarga )boradi. Asosi organlarga yetib kelgan tuxumlar o'zidan juda katta va hatto chaqaloq boshidek lichinkalarga to'la pufak (finna)ni hosil qiladi. Keyinchali bu pufakni yegan hayvon o'ziga ko'plab lichinkalarni yuqtirib oladi.
Cho'chqa tasmasimon chuvalchangi - bu ham yassi chuvalchanglar sinfiga kiradi.
Uning nafaqat tanasining tuzilishi balki hayot kechirishi ham qoramol tasmasimon chuvalchangiga o'xshab ketadi.
Ushbu parazit chuvalchangda boshcha, bo'yin, so'rg'ich, bachadon, tuxumdon va urug'donlar mavjud.
Cho'chqa tasmasimon chuvalchangi voyaga yetganda odam ichagida, lichinkasi esa cho'chqalar muskulida uchraydi.
Bu parazitni yuqtirish uchun yaxshi pishirilmagan cho'chqa go'shtini xazim qilish yetarli.
Bolalar gijjasi - bu parazit organizm to'garak chuvalchanglar tipiga kiradi. Ushbu parazit asosan yosh bolalarning ichagida parazitlik qiladi, Uning rangi oqish bo'ladi va oddiy ko'z bilan ko'rish qiyin chunki juda kichkin bo'ladi (5–10 mm). Urg'ochi gijja urug'langanidan so'ng orqa chiqaruv teshigi yaqinida yashashni boshlaydi va kechasi bo'lib o'tdi chiqib teri atrofiga tuhum qo'yadi. Bu tuxumlar organizmga tushsa qayta rivojlanadi. Bu gijja tuxumlari kasal odamning buyumlari (kiymi, to'shagi va hokazo) orqali yuqadi.
Rishta - bolalar gijjasi kabi to'garak chuvalchanglar tipiga mansub parazit hayvon. Bu parazitni asosan tropik va subtropik o'lkalarda topish mumkin. Tana tuzilishi uzun ipga o'xshaydi, uzunligi 32 sm dan tortib to 100 sm gacha bo'lishi mumkin. Rishta paraziti asosan oyoq va qo'l terisi ostidagi biriktruvchi to'qimada uchraydi va parazitlik qilayotgan joyini ho'l yara qiladi. Bu rishta paraziti bilan kasallangan odam suv havzasiga tushganda tanadan yarim qismi chiqib turgan rishta lichinkalarni qo'yib yuboradi va u suvni ichgan odam o'ziga yuqtirib oladi. Bu lichinka voyaga yetishi uchun 1 yilcha vaqt ketadi.
Bo'rtma nematoda - o'simliklarning yer tagidagi qismida parazitlik qiluvchi organizmdir. Ushbu parazitni yuqtirib olgan o'simlikning ildizi no'xotdek balki undan yirikroq bo'rtma hosil bo'ladi. Buning oqibatida o'simlik o'sishda sekinlashadi va hatto hosildorligi kamayib boradi. Agarda parazit kuchli tasir qilgan bo'lsa o'simlik hatto halok bo'lishi mumkin. Bu parazit asosan poliz ekinlari (bodring, qovun, pamidor, kartoshka)da uchraydi.
Ishlatilgan manbalar
tahrir- ↑ Davlat ilmiy nashriyoti. O'zbekiston milliy entsiklopediyasi, 2017 — 208-bet. ISBN 978-9943-07-508-5.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |