Parda
Parda — 1) dramatik asar, teatr spek-taklining boʻlimi (akt.). Mavzuning murakkabligi va davomiyligiga qarab pyesa va spektakl 1 P.dan 5 P.gacha boʻlishi mumkin. Mumtoz dramaturgiya va oʻtmishdagi teatrda P.lar koʻp boʻlgan. Zamonaviy pyesalar va spektakllar esa, odatda, 2 P.dan iborat. P.lar koʻri nishlarga (ular baʼzan voqealar, sahnalardeb ataladi) boʻlinadi. 1-P.da koʻ-pincha ekspoziyasiya va voqeaning tuguni, soʻnggi P.da yechimi beriladi. Asosiy P.larda voqealar rivojlanib borib choʻqqiga koʻtiriladi va tugalla-nadi. Baʼzi sahna asarlarida maxsus mukaddima va yakun boʻlib, ular prolog va epilog deb ataladi; 2) anʼanaviy teatrda musavvirlar tomonidan chizilgan maxsus suratli P.lar boʻlib, tomosha oldidan ayvon, koʻshk yoki tirgo-vichlarga osib qoʻyilgan. Oʻrta asrlarda ayol sanʼatkorlar harir oq P.lar ortida soz chalgan, kuylagan va raqsga tushgan. Qoʻgʻirchoq teatrining "Chodir xayol" va "Chodir jamol" turlarida tomoshalar 3 tomoniga P. tortilgan va oldi ochiq chodirlarda koʻrsatilgan; 3) teatr sahnasi oldidagi ikki tomonga sirgalib ochiladigan (baʼzan yukrriga koʻtariladigan) baxmal toʻsiqlar, sahnaning yonlarida va orasida spektakl mavzusini ochuvchi rassom tomonidan oʻylab chizilgan bezaklar ham P. deb ataladi. Kichik voqealar avansah-nada oʻynalayotganda P. yarim yoki butunlay yopilishi va yana ochilib asosiy vokealar davom etishi mumkin. Bunday P. intermediya P.si deyiladi. Teatrlarda yongʻindan saqlovchi (temir yoki asbestdan) P.lar ham uchraydi; 4) xonani quyosh nuri, shamol, yot koʻzdan toʻsish yoki bezak uchun deraza va eshiklarga tutiladigan matolar. Taxmon, tokcha, burchak yoki xonaning biron qismini toʻsish uchun ham qoʻllanadi. Kelinkuyov uchun solingan joylardan toʻsib turuvchi P. chimildiq deb ataladi. P.lar turli gazlamalardan tikiladi. Hozirgi kunda "jalyuzi" P.lar urf boʻlmoqda.
Muhsin Qodirov.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |