Parda hosil qiluvchi moddalar — biror sirtga surilganda qisqa vaqt ichida yupqa parda qatlam hosil qiladigan sintetik yoki tabiiy moddalar (odatda, polimerlar yoki oligomerlar). Bu pardalarning muhim xossasi shundaki, ular sirtga adgeziyalanadi (yopishib turadi), qattiq, elastik, nam oʻtkazmaydigan tashqi muhit taʼsiriga chidamli boʻladi. Parda hosil qiluvchi moddalarq.m. sirtga organik erituvchilarda eritilgan eritmalar holida, suv yoki plastifikatorlardagi dispersiya holida beriladi. Parda rangeiz (tarkibida pigment boʻlmasa) yoki sarikdan toʻq jigarranggacha boʻlishi mumkin. Parda hosil qiluvchi moddalarq.m. — lok-boʻyoq mate-riallari (alif, moy, lok, boʻyoq)ning asosidir. Parda hosil qiluvchi moddalarq.m. tabiiy (oʻsimlik va hayvon yelimi, zigʻir, tung va degidratlangan kanakunjut moyi, kanifolni qayta ishlash mahsulotlari) va sintetik (alkid, epoksid, fenolaldegid, poliefir va perxlorvinil smolalar) xillarga boʻlinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil