Pardoz
amaliy sanʼat (zargarlik, ganch va yogʻoch oʻymakorligi, mis- karlik va boshqalar)da narsalar sirtiga beriladigan soʻnggi ishlov, jilo
Pardoz — 1) amaliy sanʼat (zargarlik, ganch va yogʻoch oʻymakorligi, mis- karlik va boshqalar)da narsalar sirtiga beriladigan soʻnggi ishlov, jilo; 2) oʻymakorlikda naqsh yaratish usuli; ganch oʻymakorligida 6 ta P. — loʻla pardoz, pax-pardoz, tabaqa P., chizma P., choka P. va qirma P. turlari bor. Sodda va murakkab P., zaminli va zaminsiz oʻyma turlari oʻyma-korlik naqshlari talqinida yaqqol koʻrinadi. Bunday P. naqshlangan yuzani jozibador boʻlishini taʼminlaydi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |