Parij Las-Vegas
Parij Las-Vegas — Nevada shtatining Las-Vegas shahridagi Parij kozino mehmonxonasi. U Caesars Entertainment kompaniyasi tomonidan boshqariladi. 1700 dan ortiq oʻyin turlari bor. Inshootning umumiy maydoni 95 263 kvadrat metrni tashkil etadi.
Shaharcha Parij shahrining kichraytirilgan va eng mashhur obidalari joylashgan maskan hisoblanadi. Koʻzga koʻrinarli Eiffel minorasining eng baland nusxasi ham shaharcha ichidagi obyektlardan biri hisoblanadi[1]. Shuningdek, shaharchada Montgolfier shari nusxasi, Ark de Triomfening 30% kichraytirilgan nusxasi, La Fontaine des Mers inshooti hamda Le Theatre des Arts nomli 1200 oʻrinli teatrlar joylashgan. Mehmonxonaning old tomonida Luvr, Musée d’Orsa va Parij opera teatri kabi arxitektura binolarining nusxalariga duch kelasiz.
Tarixi
tahrir1995-yil may oyida Bally Entertainment, qoʻshni Bally’s Las-Vegas binosining egasi aksiyadorlar yigʻilishida loyihani keng ommaga eʼlon qiladi. Ushbu gʻoya Parij arxitektura kompaniyalari Leidenfrost-Horowitz & Assoc, Bergman, Walls & Assoc va MBH Architects tomonidan loyihalashtirilgan. Loyihaning meʼmori Bergman Walls Associates edi. Herbert Horowitz, Leidenfrost-Horowitz & Assoc hamkori va ijrochi meʼmori boʻlgan. Barcha rejalar ular tomonidan imzolangan.
Bally 1997-yil 18-aprelda Parij Las-Vegasga asos solgan va qurilish shu yilning may oyida boshlangan. U 760 million dollarga baholangan. Eiffel minorasining asl balandlikdagi nusxasini qurish yaqin atrofdagi Garri Rid xalqaro aeroportiga xalaqit berishi mumkin edi. Shuning uchun dizaynerlar uni ikki barobarga kichraytirishgan. Mehmonxona 33 qavatdan iborat. Parij Las-Vegasning oʻziga xos meʼmoriy jihati shundaki, Eiffel minorasining orqa oyoqlaridan ikkinchi binoga oʻtiladi.
Parij Las-Vegasdagi Eiffel minorasi 1999-yil 1-sentabrda ochildi.
2007-yil 31-yanvarda Parij Las-Vegasda Devid Xasselxof boshchiligidagi "Prodyuserlar" yangi shousining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Shou prodyuserlari va Hasselhoff oʻrtasida kelishmovchiliklar tufayli Devid 6-may kuni ketishini eʼlon qildi[2]. „Prodyuserlar“ shousini vaqtinchalik Toni Danza olib bordi. Danza 2008-yil 9-fevralda shou yopilguniga qadar uningning mashhur aktyorlaridan biri hisoblangan.
Kinolari tarixi
tahrirFilmlar
tahrir- Ushbu shaharchada dunyoga mashhur boʻlgan bir necha film va seriallar olingan. Bulardan: 2006-yil 10.5: Apokalipsisda Parijning kislotali suv tufayli yuzaga kelgan katta chuqurlikda choʻkayotgani koʻrinadi.
- 2007-yilda „Resident Evil: Extinction“ filmida Parij Las-Vegasning birga qumga koʻmilgan holda koʻrinadi. Qahramonlardan biri zombi toʻdasidan qochish uchun Eiffel minorasi nusxasiga koʻtariladi.
- 2009-yilda suratga olingan "2012" filmida Parij The Stripning qolgan qismi bilan birga vayron qilingan.
- 2010-yilda suratga olingan "Despicable Me" animatsion filmida Gru New York mehmonxonasi va kazinosidan Ozodlik haykali bilan birga Eiffel minorasi nusxasi qulagani ko‘rsatilgan.
- Eiffel minorasi nusxasi 2014-yildagi „Godzilla“ filmida MUTO tomonidan vayron qilingan.
- Pteranodonlar 2018-yilgi "Yura davri dunyosi: qulagan qirollik" filmining kreditdan keyingi sahnasida Eiffel minorasiga qo‘ngan.
Sovrinlari
tahrir- Lester Nygaard (Fargo) 2007-yilda yilning eng yaxshi sugʻurta sotuvchisi mukofotiga sazovor boʻldi.
- 2015-yilda Disney XD krossoverida Lab Rats va Mighty Med, Adam, Bree, Chase, Leo, Skylar, Oliver, Kaz Eyfel eng yaxshi binolar qatorida koʻriladi.
Galereya
tahrir-
Parij Las-Vegas (2006)
-
Parij mehmonxonasidan Las-Vegas panoramasi, Bellagio favvorasi, Eiffel minorasi va Sezar saroyi ko'rsatilgan.
-
Parij Las-Vegas. (2006)
-
Parij Las-Vegas. (2006)
-
Minoraning tungi ko'rinishi. (2009)
-
Parij Las-Vegas va Bellagio favvorasi. (2010)
-
Le Bulvarning ichki qismi. (2012)
-
Parij Las-Vegasdagi Eyfel minorasining nusxasi. (2014)
-
Parij Las-Vegas Eyfel minorasi. Fransiya bayrogʻi rangida. (2020)
Manbalar
tahrir- ↑ „Eiffel Tower, Paris Las Vegas - the Skyscraper Center“.
- ↑ Clarke, Norm. „Hasselhoff leaving 'The Producers'“. Las Vegas Review-Journal (2007-yil 10-aprel).