Parlamentlararo ittifoq - turli davlatlarning milliy parlament guruhlarini birlashtiruvchi xalqaro (hukumatlar qaramogʻida boʻlmagan) tashkilotlardan biri. 1889-yil tuzilgan. Asosiy vazifalari: parlamentlar oʻrtasidagi shaxsiy aloqalarni ragʻbatlantirish va xalqaro tinchlik hamda hamkorlikni mustahkamlash ishida birgalikda faoliyat koʻrsatish uchun ularni birlashtirish. Parlamentlararo ittifoq faoliyatida 110 dan ortiq davlatlarning parlament guruhlari qatnashadi. Parlamentlararo ittifoq koti-biyatining qarorgohi — Jenevada.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil