Parmen, Qishki Parmen — kuzgi olma navi. Vatani — Angliya. Oʻzbekistonga 19-asrning oxirlarida keltirilgan. 1959-yilda Oʻzbekistonda ekish uchun tavsiya etilgan ekin navlari davlat reyestriga kiritilgan. Daraxti oʻrta boʻyli — 5,5–6 m, qulay sharoitda, unumdor yerda 7,5 m gacha yetadi. Koʻchati oʻtqazilgach, 4—5-yilda hosil beradi. 10— 12 yoshida baʼzi daraxtlari 200–300 kg hosil beradi, lekin solkash. Rozmarin, Renet Shampan navlaridan yaxshi changlanadi. Mevasi yumaloq yoki yapasqi choʻziq, sirti silliq, rangi taram-taram, qizil-toʻq sariq, eti sargʻimtir, qattiq vazni 80—100 g, baʼzan 100—135 g. Toshkent, Fargʻona, Namangan, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida rayonlashtirilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil