Parodontoz
Parodontoz (para... va yun. odontos — tish), alveolyar pioreya — tish atrofidagi toʻqimalar (parodont) ning surunkali yalligʻlanishi, alveolyar oʻsimtalar (tish katakchalari) atrofiyalanadi va oqibatda tishlar qimirlab tushib ketadi. Oʻrta va katta yoshdagi kishilar, baʼzan yoshlar, hatto bolalarda ham uchraydi. P: parodont to-mirlari va nervlarining buzilishi yoki kasallanishi natijasida tish atrofidagi toʻqimalarning qon bilan yetarli taʼminlanmasligi oqibatida vu-judga keladi. Kasallangan tishlarni olib tashlagandan keyin qolgan tishlarga ovqat chaynaganda zoʻr kelishi, tishda tosh yigʻilishi, tishni toʻgʻri parvarish qilmaslik, notoʻgʻri tishlash, yasama tishlarni toʻgʻri qoʻymaslik, shuningdek, organizmning umu-miy kasalliklari P.ga sabab boʻlishi mumkin. P.da tishning suyak toʻqimasi asta-sekin soʻriladi, tishlar qimirlab qoladi, baʼzan milk yalligʻlanib shi-shadi, qonaydi, ogʻizdan qoʻllansa hid keladi. P.da milkda yiringli pilla hosil boʻladi. Kasallikning oldi olinmasa, milk yalligʻlanadi (gingivit), koʻrinishidan sogʻlom tish asta-sekin kimirlab tushib ketadi. P. natijasida ovkat chaynash va hazm qilish buziladi. Bemorga individual va kompleks davo kilinadi. P.da stomatolog vrach kursatmalariga qatʼiy rioya kilish kerak.
P.ning oldini olishda kundalik ovqat turi va tarkibi muhim ahamiyatga ega; qattiq ovqatlar milkni tabiiy massaj qiladi va yumshoq tish katlamlaridan tozalaydi. Ovqatdan keyin meva va sabzavotlar (sabzi, olma va boshqalar) yeb turish foydali.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |