Parrandaxona
Parrandaxona — parrandalar as-raladigan bino. Parrandalarning turi va yoshiga, xoʻjalikda foydalanish yoʻnalishiga hamda asrash tizimiga qarab har xil boʻladi. 1 — 120 kunlikkacha boʻlgan tovuq joʻjalari batareyali sexlarda (yerda yoki kataklarda) asraladi. Koʻpchilik xoʻjaliklarda 1 dan 120 kunlikkacha boʻlgan joʻjalar bitta P.da boqiladi. Oʻrdak va kurka joʻjalari, baʼzan, dastlabki 10—20 kunda batareyali sexlarda saqlanadi. Goʻsht uchun boqiladigan joʻjalar (broylerlar), 1 dan yoki 21 dan 120 kunlikkacha boʻlgan kurka joʻjalari va 1 dan yoki 10—20 dan 55 kunlikkacha boʻlgan oʻrdak joʻjalari maxsus P.da oʻstiriladi. Voyaga yetgan parrandalar yerda, sanoat maqsa-dida yetishtiriladiganlari esa yerda va kataklarda boqiladi. P. eni 12 yoki 18 m, boʻyi 72, 84, 96 va 108 m qilib quriladi. Sanoat maqsadida boqiladigan 120—150 ming bosh tovuqqa moʻljallangan 4—6 qavatli va 80 ming broylerga moʻljallangan 4 qavatli P.lar bor. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |