Partenokarpiya
Partenokarpiya (lot. parlenos — bokiralik, qizlik va karpos — meva) — oʻsimliklarda gulning urugʻlanmasdan meva tugishi. Changlanmasdan meva hosil boʻlishi vegetativ (avtonom) P., urugʻchi tumshuqchasiga boshqa oʻsimlik guli changini taʼsir ettirib meva hosil qilish stimulyativ P. deyiladi.
Masalan, nok urugʻchisiga olma gul changini, baklajon urugʻchisiga pomidor guli changini taʼsir ettirib, sunʼiy stimulyativ P. paydo qilish mumkin. P. natijasida hosil boʻlgan meva urugʻsiz yoki urugʻi murtaksiz boʻladi. P. uzum, olma, nok, pomidor, mandarin va boshqa koʻpchilik oʻsimliklarda aniklangan. Sunʼiy stimulyativ P. mexanik, kimyoviy, harorat taʼsirida hosil qilinadi. Partenokarpik meva yirik va shirin boʻlganidan katga xoʻjalik ahamiyatiga ega.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |