Partov yer dehqonchilik tizimi — avval ekilib, soʻngra tashlab qoʻyilgan yerlarda qayta dehqonchilik qilish; ibtidoiy dehqonchilik tizi-mi, xususiy qoʻriq yer tizimi negizida vujudga kelgan. Choʻl mintaqasida tabiiy unumdorligi yuqori boʻlgan oʻzlashtirilgan qoʻriq yerlarda galla, ayrim joylarda zigʻir va poliz ekinlari 6—8—10 yil yetishtirilgan. Buning oqibatida tuproqning tabiiy unumdorligi pasayib, yerlarni oʻt bosgani va ekinlar hosildorligi kama-yib ketgandan soʻng bu dalalar 8—15 yil (va hatto 25—30 yil)gacha qarov-siz tashlab qoʻyilgan. Uning oʻrniga yangi qoʻriq yer oʻzlashtirib (qoʻriq deh-qonchilik tizimi) dehqonchilik yuritilgan. Nisbatan uzoq muddatga tashlab qoʻyilgan yer tabiiy oʻtloqzorga aylangan, bu esa uning unumdorligini qay-ta tiklanishiga olib kelgan. Natijada tashlab qoʻyilgan yerlar qayta oʻzlashtirib, ekin ekilgan. Partov yer dehqonchilik tizimid.t. Yevropa va Osiyoning choʻl tuproqlari mavjud boʻlgan bir qancha davlatlarida, ayniqsa, Rossiyaning qoratuproq, Oʻzbekistonning choʻl va dasht mintaqalarida keng qoʻllangan.

Ziyomiddin Artukmetov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil