Pashmaj (Salsola leptoclada) — shoʻra-doshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik. Poyasi tik, sershox, uz. 15—45 sm. Barglari oddiy, seret, yarim silindrsimon, tukli, ketma-ket joylashgan. Gullari toʻgʻri, ikki jinsli. Gulqoʻrgʻoni 5 boʻlakli, meva yetilishi jarayonida har bir gulqoʻrgʻon boʻlagidan bittadan qanotcha shakllana boradi. P. iyul—sentabrda gullab, mevalaydi. Oʻzbekistonning koʻpchilik viloyatlarida tarqalgan. Asosan, choʻl va adirlardagi shoʻr yerlarda oʻsadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil