Passaj (frans. passage — oʻtish, yoʻl) — 1) meʼmorl ikda savdosotiq yoki shu kabi maqsadlarda qurilgan bino. Ikkala tomoniga doʻkonlar yoxud xizmat xonalari qavatmaqavat va yonma-yon joylashtirilib, oʻrtadagi ochiq sahni oyna bilan yopiladi; 2) musiqada — tez oʻtib ijro etiladigan, odatda, gamma yoki arpejioga asoslangan tovushlar izchilligi. Koʻpincha virtuoz asarlarda uchraydi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil