Passat oqimlari — okean yuzasida passatlar taʼsirida hosil boʻladigan suv oqimlari. Atlantika va Tinch okeanlarda — Shimoliy va Janubiy Passat oqimlari, Hind okeanida — Janubiy yarim shardagi Passat oqimlari mavjud. Passat shamollari esib turga-nidan Passat oqimlari sharkdan garbga tomon soatiga 1–2 km tezlikda harakat qiladi (okeanlarning gʻarbiy qismlarida bu tezlik soatiga 3 km ga yetadi). Passat oqimlari okeanlarning sharqida, antitsiklon aylanma shamollarning sovuq oqimlaridan boshlanadi; gʻarbga siljigan sari anchagina isib qoladi. Ekvatorda shimoli-sharqiy va jan.-sharqiy passatlar taʼsirida shim. va jan. Passat oqimlari oraligʻida (ekvatorial) teskari oqimlar vujudga keladi. Bu tizim Tinch okeanda yil boʻyi davom etadi; Atlantika okeanida yezda boʻladi; Hind okeanida kishki Passat oqimlari yoʻq, chunki bu okeanning shim. kismi mussonlar taʼsirida boʻladi. Okeanlarning gʻarbiy qismlarida Passat oqimlaridan iliq oqimlar boshlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil