Pasterellalar
Pasterellalar — Pasteurella guru-higa mansub mayda grammanfiy koko-batsillalar. Bu guruhga mansub 12 tur P. aniklangan. Ulardan odam uchun eng xavflisi P.multocida. P. hayvon va qushlarning burun-halqumidagi normal mikroflora tarkibida uchraydi. Ayrim hollarda hayvonlarda zotiljam va sepsis kasalligini keltirib chiqaradi.
P. odamga, asosan, mushuklar tishlagani yoki tirnaganida yuqadi va endokardit, osteomiyelit, zotiljam va septitsemiya kabi kasalliklarni qoʻzgʻatadi. Koʻpincha yosh bolalar va qariyalar kasallanadi. P. qoʻzgʻatgan kasalliklar (mas, pasterellyoz)ni davolashda shi-kastlangan joyga jarrohlik ishlovi beriladi va antibiotiklar qoʻllanadi. Oldini olish mushuk, kuchuk kabi uy hayvonlarini veterinar koʻrikdan oʻtkazib turishdan iborat.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |