Pasternak
Pasternak (Pastinaca) — soyabonguldoshlar oilasiga mansub ikki va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. Pasternakning 15 turi boʻlib, shulardan 5 turi Kavkazda uchraydi. Ekma pasternak (P. sativa) turi ekiladi. Yevrosiyo, Amerikada koʻp tarqalgan. Pasternak 2 yillik oʻsimlik. 1-yili barglar va ildiz-meva hosil qiladi. 2-yili sershox novdalar berib gullaydi. Barglari patsimon tik, ildiz-mevasi etli, sargash oq, silliq. Shakli konussimon yoki yumaloq choʻziq, gullari mayda toʻpguli soyabonsimon, chetdan changlanadi. Mevasi qoʻsh pista, urugʻi mayda, oq va ji-garrang. Pasternak sovuqqa chidamli, namsevar xushboʻy oʻsimlik. Ildizini qor ostidan kavlab olib yangi sabzavot sifatida ishlatish mumkin. Il-dizida 17—18% quruq modda, 8—10% qand, vitaminlar, efir moyi mavjud. Uni ziravor sifatida ham ishlatish mumkin. Oʻstirish agrotexnikasi sabzi singari. Yaproklari oshkoʻk sifatida ovqatga ishlatiladi. Pasternak urugʻi Oʻzbekistonda erta bahorda yoki kech kuzda sepiladi, gektariga 4—6 kg urugʻ sarflanadi. Hosildorligi 400—700 s/ga. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |