Patila Ergasheva

Oʻzbekiston qahramoni unvoni sohibasi

Patila Ergasheva (1952-yil, 7-noyabr, Buvayda tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — nomdor oʻzbek fermeri hamda dehqoni. Qishloq xoʻjaligi sohasining taniqli namoyandasi va sohaning yetakchi arboblaridan biri.

Patila Ergasheva
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-noyabr 1952-yil
Buvayda tumani
Fargʻona viloyati
OʻzSSR
SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Siyosiy partiyasi OʻzLiDeP
Kasbi Fermer, dehqon
Dini Islom
Maʼlumoti oʻrta maxsus
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Unvoni Oʻzbekiston qahramoni

„Oʻzbekiston Respublikasida xiz­mat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi“ unvoni (1995-yil), „Mehnat shuhrati“ ordeni, (2002-yil), „Oʻzbekiston Qahramoni“ (2010-yil) kabi mukofotlar sohibasidir.

Buvayda tumanidagi "Doʻstlik" jamoa xoʻjaligi bri­gadiri sifatida oʻz mehnat faoliyatini boshlagan Patila Ergasheva, respublika mustaqillikka erishgandan keyingi yillarida, birinchilardan boʻlib, fermer xoʻjali­gini tashkil qiladi va hozirgacha "Patilaxon" fermer xoʻjaligining rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Patila Ergasheva Fargʻona viloyati Urugʻchilik birlashmasi bilan hamkorlikda 1995-yilda, bi­rinchilardan boʻlib, shaxsiy urugʻchilik xoʻjaligini tashkil etadi. Hozirgi kunga kelib, Buvayda va unga qoʻshni tumanlarda ekilayotgan „Namangan-77“ paxta urugʻi navi aynan mana shu xoʻjalik tomonidan yetkazib beriladi.

Biografiyasi tahrir

Patila Ergasheva — Fargʻona viloyati, Buvayda tumanida 1952-yilning 7-noyabr sanasida mirishkor dehqon oilasida tavallud topgan. Oʻrta maktabni bitirgandan soʻng, oʻz karyerasini boshlashni xohlaydi. Uning dastlabki ish joyi Buvayda tumanidagi „Doʻstlik“ jamoa xoʻjaligi boʻladi. U ushbu xoʻjalik (kalxoz)da brigadir — jamoa yetakchisi sifatida faoliyat yuritadi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgandan soʻng, u oʻzining shaxsiy tijorati — "Patilaxon" fermer xoʻjaligi faoliyatini yurita boshlaydi[1].

Ushbu xoʻjalik hamda Patilaxon Ergashevaga tegishli boshqa xoʻjaliklarning umumiy maydoni gektardan oshadi[1]. Patila Ergasheva qishloq xoʻjaligi mahsulotlari — paxta, bugʻdoy va poliz mahsulotlarini urugʻini yetkazib berishni yoʻlga qoʻygan. Unga tegishli boʻlgan ushbu xoʻjalikda 40qa yaqin ishchi xodim faoliyat yuritadi (2019). Namangan viloyatidagi yuqori oʻrinlarda qayd etiluvchi 5 ta urugʻchilik xoʻjaliklaridan biriga Patilaxon Ergasheva rahbarlik qiladi. U Fargʻona viloyati Urugʻchilik birlashmasi bilan hamkorlikda 1995-yil bi­rinchilardan boʻlib oʻz urugʻchilik xoʻjaligini tashkil etgan. Natijada, hozirgi kunga kelib viloyatda ekilayotgan «Namangan-77» paxta urugʻi navi aynan mana shu xoʻjalik tomonidan yetkazib beriladi[1].

Patilaxon Ergasheva qishloq xoʻjaligi so­­hasida koʻrsatgan jonbozliklari uchun, prezident Islom Karimov tomonidan, 1995-yil «Oʻzbekiston Respublikasida xiz­mat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi» unvoni, 2002-yilda «Mehnat shuhrati» ordeni, 2010-yilda «Oʻzbekiston Qahramoni» unvoni mukofotlari bilan taqdirlanadi[1][2][3].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „«Oʻzbekiston Qahramoni» unvoni sohibalarining hayoti bilan tanishing“. Gujum.uz. Qaraldi: 19-iyun 2022-yil. [sayt ishlamaydi]
  2. „Ўзбекистон Қаҳрамонлари кимлар?“. Qadriyat.uz. 8-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2022-yil.
  3. „Сўнгги янгиликлар“. Effect.uz. 18-oktabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2022-yil.