Patir — non turi. Shirmoy P., qashqari P., koʻk P., qiymali P., patircha kabi turlari bor. Ularning har biri masalligi, tayyorlanish usuli bilan farq qiladi. Tayyorlanishi: iliq sutda tuz va xamirturush eritiladi, soʻngra qoʻy yogʻi (yoki sariyogʻ) qoʻshilib xamir qoriladi. Xamir osh-gach, 500 g li zuvalalar uziladi. Zuvaladan chekkalarining qalinligi 3—4 sm, oʻrtasining qalinligi 1 sm keladigan non yasaladi, uning yupqa joyiga zich chakich uriladi. [[Non chetlari pichoq bilan tilinib, naqsh beriladi. Yasalgan P. betiga 15—20 min. dasturxon yopib qoʻyiladi. Tandirga yopish oldidan olov kul bilan koʻmiladi, namakob sepiladi. Tan-dirdan uzilgan P.ning yuziga eritilgan dumba yogʻi surkaladi (yana qarang [[Non). [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil