Patogenez
Patogenez (yun. pathos — kasallik va ... genez) — kasallik va uning ayrim belgilari paydo boʻlishi hamda rivojlanishidagi jarayonlar majmui; patologiyanint bir boʻlimi. Hujayra, toʻqima va aʼzolarning shikastlanishi, orga-nizmning nospetsifik javob reaksiyalari va tipik patologik jarayonlar (mas, yalligʻlanish)ning rivojlanishi P.ning umumiy qonuniyatlaridir. Nospetsifik javob reaksiyalari va tipik patologik jarayonlar umumiy P.ning mazmunini tashkil etadi. Kasalliklarning rivojlanishida shika-stlanishdan sodir boʻladigan turli re-aksiyalarning murakkab kompleksi ku-zatilib, ular turning yashashi uchun foydali boʻlishi, individiumga nis-batan esa (rivojlanish darajasi, davom etish muddati va boshqa omillarga qarab) ham foydali, ham zararli boʻlishi mumkin. Mas, gavda temperaturasi koʻtarilishi infeksiyaga karshi kurashishga koʻmaklashadi, ammo temperaturaning xaddan tashqari (40° dan yuqori) koʻtarilishining oʻzi hayot uchun xavfli oqibatlarga (arterial qon bosimining pasayib ke-tishi va boshqalar) olib kelishi mumkin.
Ayrim kasalliklarda P. qonuniyatlarini, yaʼni organizm toʻqimalari, aʼzolari va sistemalarining tipik ("standart") morfologik, biokimyoviy va fiziologik oʻzgarish krnuniyatlarini hamda ularga xos klinik koʻrinishlarni (isitma turi, qondagi oʻzgarishlar va hokazo) bilish kasallikni aniqlash, prognozlash va patogenetik davolash (yaʼni asosiy patologik jarayonni va patogenetik omillarni bartaraf qilishga qaratilgan davolash)ning asosiy negizidir. Mas, irsiy nuqsonlar tufayli organizmda insulinnnng yetarli darajada hosil boʻlmasligi bolada qandli diabeshning vujudga kelishiga sabab boʻladi.
Patogenetik davodan farqli oʻlaroq, etiologik davoda kasallik sababi bartaraf kilinadi, simptomatik davoda esa kasallikning ayrim belgilari kamayadi yoki yoʻqoladi. Mas, yiringli meningishda. penitsillin — etiologik, siydik haydovchi moddalar — patogenetik, ogʻriqsizlantiruvchi moddalar — simptomatik davo vositasi hisoblanadi.
Kasallik butunlay yoʻqolishi, yaʼni toʻqimadagi yetishmovchilik toʻldirilishi va funksiyasi tiklanishi yoki tiklab boʻlmaydigan oʻzgarishlar yuzaga kelishi (mas, yara oʻrnida chandiq hosil boʻlishi) va nihoyat, oʻlim bilan tugallanishi mumkin.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |