Patrona xalil qoʻzgʻoloni
Patrona xalil qoʻzgʻoloni -Istanbul shahri (Turkiya) kambagʻallarining 1730-yil sentyabr— noyabrdagi qurolli qoʻzgʻoloni. Unga Xalil (laqabi — Patrona) boshchilik qilgan. Qoʻzgʻolon soliqlarning koʻpligi, narx-navoning oshib ketganligi va amaldorlarning beboshligiga qarshi koʻtarilgan. Qoʻzgʻolonchilar sulton Axmad III (1703—30)ni taxtdan agʻdarib, soliq va bojlarni bekor qilishga erishishgan, lekin ularning oʻrtasidagi kelishmovchiliklardan foydalangan yangi sulton Mahmud I (1730—54) qoʻzgʻolonni bostirgan. Patrona Xalil oʻldirilgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |