Flori Pol Jon (1910.19.6, Sterling, Illinoys shtati — 1985.9.9) — amerikalik fizik-kimyogar. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1953-yildan). Kolumbusdagi Ogayo shtati Davlat universitetini tugatgan (falsafa doktori 1934). Kornell universiteti professor (1948 —56), Melonov universitetida ilmiy rahbar (1956 —61), Stanford universiteti professor (1961-yildan). Ilmiy ishlari polimerlar polikondensatsiyasi va fizikasiga oid. Polikondensatlanish jarayonlarida funksional guruhlarning reaksiyaga kirishish xususiyati oʻzaro taʼsir etuvchi molekulalar zanjiri uzunligiga bogʻliq emasligini aniklagan (Flori prinsipi). Nobel mukofoti laureata (1974)[1][2].

Paul Flory (1973)

Manbalar

tahrir
  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil