Paul von Hindenburg
Paul von Hindenburg (1847-yil 2-oktyabr Poznan, Polsha — 1934-yil 2-avgust Ogrodzieniec, Polsha) — nemis generali va feldmarshali. Prussiya ofitseri oilasida tavallud topgan.
Paul von Hindenburg | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1847-yil 2-oktyabr |
Vafoti | 1934-yil 2-avgust |
Turmush oʻrtogʻi | Gertrud von Hindenburg |
Bolalari |
Oskar von Hindenburg, Irmengard Pauline von Hindenburg, Annemaria von Hindenburg |
Kasbi | nemis generali |
Faoliyati
tahrirHindenburg 18 yoshida 3-gvardiyachi piyodalar polkida leytenant vazifasida xizmat qilgan. Berlin uchun boʻlgan urushlarda ishtirok etgan. 1870—1971-yillardagi Fransiya-Prussiya urushining qatnashchisi, 1914—1918-yillardagi Birinchi Jahon urushida 8-nemis armiyasiga qoʻmondonlik qilgan. 1866-yilgi Avstriya-Prussiya urushida qatnashgan. 1885-yilda Bosh shtabda, uch yildan keyin armiya korpus shtabida va harbiy vazirlikda piyoda qoʻshinlar boʻlimi boshligʻi, 1893-yildan 1911-yilga qadar piyodalar polkining komandiri, armiya korpusi shtabi boshligʻi, dviziya boshligʻi va 4-armiya korpusi komandiri lavozimlarini egallagan. 1900-yilda unga generallik unvoni berilgan. 1911-yilda Prussiyada koʻrsatgan xizmatlaridan keyin nafaqaga chiqqan.
1914-yilning sentyabrida piyodalar generali Hindenburgni 9-nemis armiyasi qoʻmondoni qilib tayinlashgan. Oʻsha yilning oktyabrida esa sharqiy Germaniyaning Bosh qoʻmondoni boʻlgan. Isteʼfodagi marshal 1925—1932-yillarda oʻng partiyalar ittifoqi tomonidan Veymar Respublikasining prezidenti qilib saylangan. Hindenburg „Temir dubulgʻa“ harbiy tashkilotining raisi boʻlgan. 1932-yilda sotsial-demokratik partiya namoyondalarining yordami bilan yana bir muddatga prezidentlikka saylangan[1]. 1925-yilda urushda koʻrsatgan qahramonliklari uchun Germaniya prezidenti etib saylangan. Hindenburg davlat boshligʻi boʻlmasdan oldin, Germaniyaning harbiy tizimi juda nochor ahvolda boʻlgan. U prezident boʻlgach butun diqqat-eʼtiborini armiyani qudratli qilishga qaratgan. 1930-yildagi iqtisodiy inqiroz jarayonidan, nemis hukumati ogʻir aziyat chekkan. Hindenburg biografiyasi haqida maʼlumot jamlangan kitob yaratgan. Kitob „Out of my Life“ nomi ostida 1918-yilda nashrdan chiqqan. Hindenburgning „The Great War“ nomli urush yillarida yozilgan asari ham mavjud[2]. Oʻzining koʻpgina tillarga tarjima qilingan „Mening hayotimdan“, deb nomlangan esdaliklarida Hindenburg Birinchi jahon urushida Sharqiy frontda ham, Gʻarbiy frontda ham boʻlib oʻtgan yirik janglardagi mashaqqatlarini batafsil yoritib bergan. Paul von Hindenburg Germaniya prezidenti sifatida yana shu bilan tarixga kirganki, u 1933-yilning yanvarida nemis fashizmining dohiysi Adolf Hitlerga hukumat boshqaruvini topshirgan. Ana shu tarzda millatchilar Germaniyada hukumat tepasiga chiqqan va 6 yildan soʻng Ikkinchi jahon urushi boshlangan. Urushga tayyorgarlik jarayoni hali Hindenburgning boshqaruvi davridayoq boshlangan edi. Qonli „Uzun pichoqlar tuni“ voqealaridan soʻng Hindenburg, Hitler uchun tayyorlangan tabrik telegrammasiga imzo chekkan.
Vafoti
tahrirHindenburg 1934-yilda Gʻarbiy Prussiya, hozirgi Polsha hududida vafot etgan. 12-avgustda yaʼni marshalning oʻlimidan bir yarim hafta oʻtganidan soʻng uning vasiyati eʼlon qilingan. Hujjatning qalbakilashtirilganligidan hech kim shubha qilmagan. Vasiyat quyidagi jumlalar bilan boshlangan: „ Mening kanslerim Adolf Hitler va uning harakati nemis xalqiga barcha irqiy kelishmovchiliklarni bartaraf etish va ichki birdamlikni hosil qilish uchun imkon yaratdi. Men koʻzlarimni bizning vatanimizning kelajagiga qatʼiy ishongan holda xotirjam yuma olaman“. Nemislar chekinayotganlarida Hindenburgning qabrini portlatib yuborgan[3]. 1933-yilning kuzidan boshlab jiddiy hastaligi tufayli Hindenburgning siyosiy jarayonlardagi faolligi ancha susaygan. U 86 yoshida oʻpka saratoni hastaligi bilan vafot etgan. Vafot kuniga qadar oʻz lavozimida faoliyat yuritgan. Hindenburgning oʻlimidan soʻng Adolf Hitler Germaniyaning rasmiy prezidenti etib saylangan. 1937-yilda Germaniya Imperiyasi tomonidan Hindenburg nomidagi urush kemasi yaratilgan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Paul von Hindenburg“. britannica.com. 2024-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
- ↑ „The Great War by Field Marshal von Hindenburg“. westernfrontassociation.com. 2024-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
- ↑ „XX asr: taqdirlarda aks etgan tarix (Shuhrat Ergashev)“. kitobxon.com. 2024-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
- ↑ „The First World War“. books.google.co.uz. 2024-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.