Aleksandrov Pavel Sergeyevich (1896.25.4, Noginsk - 1982.17.12, Moskva) — rus matematigi. Akad. (1953). Topologiyadan ilmiy maktab asoschisi. 1921 y.dan Moskva untida ishlagan. Moskva Mat. jamiyati prezidenti (1932—64), 1964 y.dan shu jamiyat faxriy prezidenti. Asosiy ilmiy ishlari topologiyaga va haqiqiy oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasiga bagʻishlangan. Bikompakt fazolar nazariyasini yaratgan, qator "ikkilamchilik qonunlari"ni isbot qilgan va h.k. Umumiy topologiyaning bir qancha tushuncha va teoremalari A. nomi bilan yuritiladi. AQSH Milliy FA aʼzosi (1947).[1]

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.