Pavel Ploc — (1964-yil 15-iyunda tugʻilgan) sobiq chexiyalik changʻidan sakrash yoʻnalishidagi sportchi, Chexoslovakiya uchun kurashgan va ikkita Olimpiya medalini qoʻlga kiritgan.

Pavel Ploc
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi  Chexiya
Tavallud sanasi 15-iyun 1964-yil (1964-06-15) (59 yosh)
Jilemnice
Sport
Qaysi sport (Changʻida sakrash)

Faoliayti tahrir

Qishki Olimpiya oʻyinlarida Pavel 1988-yilda yakka tartibli oddiy tepalikda kumush medalini va 1984-yilda yakka tartibli katta tepalikda bronza medalini qoʻlga kiritgan. Ploc shuningdek, XCHF Shimoliy changʻi boʻyicha jahon chempionatida (1984-yil va 1989-yillar) Jamoaviy katta tepalik musobaqasida ikkita bronza medalini qoʻlga kiritgan. Jumladan, u XCHF changʻi uchish boʻyicha Jahon chempionatida 1983-yilda kumush va 1985-yilda bronza bilan ikkita medalni qoʻlga kiritgan.

Ploc changʻida sakrash boʻyicha oʻzining faol faoliyatini 1992-yilda yakunlagan va 1996-yilda Chexiyaning Xarrachov shahrida Bed&Breakfast ochgan. 1996—2002-yillarda Xarracov shahar kengashi deputati etib saylangan. 2002-yilda Chexiya parlamenti deputatligiga nomzodini qoʻyib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan, ammo 2006-yilda bu oʻrinni qoʻlga kiritgan va Chexiya sotsial-demokratik partiyasidan (ČSSD) Chexiya parlamentining quyi palatasi deputati etib tayinlangan.

1983-yil 19-martda changʻida uchish boʻyicha 7-jahon chempionatida Chexoslovakiyaning Xarraxov shahridagi Chertakda 181 metr (594 fut) balandlikda changʻidan sakrash boʻyicha jahon rekordini oʻrnatgan[1][2].

Jahon chempionati tahrir

Jahon miqiyosidagi shohsuppalarni 1983—1984-yilgi Jahon chempionatidagi ilk shohsuppasi yaʼni bronza medali bilan boshlagan. Oradagi uch yillik muvafaqqiyatsiz mavsumlardan soʻng 1987—1988-yilgi Changʻida sakrash Jamon chempionatida yana shohsuppaga koʻtrilgan. Bu galgi gʻalabani kumush medal bilan nishonlagan.

Turnir jadvali tahrir

Mavsum Umumiy bahslarda 4H SF
1981—1982-yil 38 46 Yoʻq
1982—1983-yil 11 7 Yoʻq
1983—1984-yil   5 Yoʻq
1984—1985-yil 7 10 Yoʻq
1985—1986-yil 13 48 Yoʻq
1986—1987-yil 39 14 Yoʻq
1987—1988-yil   28 Yoʻq
1988—1989-yil 19 11 Yoʻq
1989—1990-yil 7 18 Yoʻq
1990—1991-yil 20

Changʻidan sakrash boʻyicha Jahon rekordi tahrir

Sana Tepalik Manzil Metr Ballar
1983-yil 19-mart  Čerťák K185 Xarraxov, Chexoslovakiya 181 594

Manbalar tahrir

  1. „Ostwald prvak, Tepeš deseti (page 9)“ (slovencha). Delo (21-mart 1983-yil).
  2. „Pavel Ploc - Harrachov 1983 - 181 m - World record“. YouTube (19-mart 1983-yil). 2022-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-oktabr 2022-yil.