Pavilon
Pavilon (frans. pavilion, lot. papilio — chodir) — 1) atrofi ochiq, yengil va ixcham qurilgan koʻshksimon imorat, shiypon. Tabiat bilan oʻzaro uygʻunlashtirilgan. Sharq meʼmorligida saroy va ibodatxonalar qurilishida, Yevropa saroy park ansambllari meʼmorligida keng qoʻllangan;2) Yevropa saroylarining tarkibiy qismi: tomi alohida yopilgan yengil bino. Bunday P.lar tarhi murabba, koʻpqirrali boʻladi;3) vaqtincha yoki doimiy foydalanish uchun qurilgan yengil inshootlar. Koʻrgazma, kino, foto, savdo P.lari va hokazo;4) teatrda — interyerni gavdalantiruvchi dekoratsiya.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |