Viktor Vladimirovich Pavlenko (1932.14.4, Semipalatinsk viloyati Kukpekti qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artisti (1985). MXAT qoshidagi teatr studiyasini tugatgan (1971). Sahna faoliyatini 1954-yildan boshlagan. Pavlodar, Kustanay, Barnaul, Saratov, Orenburg teatrlarida, 1971—92 yillar Gorkiy nomidagi Toshkent rus akademik drama teatrida ishlagan. Otello, Altifol (U. Shekspir, "Otello", "Xatolar komediyasi"), Kutuzov, Satin (M. Gorkiy, "Qashshoq qalb qissasi", "Tubanlikda"), Batarsev (A. Gelman, "Imzo"), Lopaxin (A. Chexov, "Olchazor"), Avaliani (A. Chxeidze, "Uchdan oltigacha") kabi rollari bilan tanilgan. P. tragik rollar ustasi sifatida maʼlum.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil