Paxta gulli chinnilar
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. |
Paxta gulli chinnilar — Oʻzbekiston Respublikasining chinni ishlab chiqarishidagi milliy brendi. Bugungi kunda savdo shahobchalaridan choynak, piyola, lagan va likopchalardan tortib, paxta gulli tuzdonlargacha topish mumkin.
Tarixi
tahrirKoʻp asrlar davomida chinni Xitoydan Buyuk ipak yo’li boʻylab Oʻrta Osiyoga olib kelingan. Keyinchalik, XIX-XX asrda Oʻzbekiston hududida Rossiya chinni fabrikalarining idishlari paydo boʻlgan. 1953-yilga kelib, Toshkentda Markaziy Osiyodagi dastlabki chinni zavodi ishga tushirildi. Bu zavod butun Markaziy Osiyoni chinni buyumlar bilan taʼminlagan. Oʻsha davrlarda „paxta gulli“, „atlas nusxa“ va „oltin kiyik“ nusxali chinnilar mashhur boʻlgan. Zavodni Toshkentning eski koʻchalaridan biri — Sagʻbonda bunyod etishgan. Toshkent chinni zavodi oʻz ishini tajribali fabrikalar bilan oʻrtoqlashgan holda, shakllar va turli modellarni ishlab chiqarish bilan boshladi. Bir muncha vaqt oʻtgach, Toshkent chinni zavodida iqtidorli rassom va texnologlar guruhi tashkil etildi. Ishlab chiqarish tezda butunlay yangi bosqichda tashkil etildi. 2019- yilda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Sh. Mirziyoyev topshirigʻiga muvofiq, zavod faoliyati qayta tiklandi. Foydalanilmayotgan obyekt qayta taʼmirlandi va qoʻshimcha binolar qurildi. 300 dan ortiq ish oʻrni yaratildi. Zavodda har yili 30 million dona oshxona anjomlari va esdalik sovgʻalari ishlab chiqariladi[1]. Ushbu mahsulotlarning asosini esa paxta gulli chinnilar tashkil qiladi.
Paxta guli tasviri
tahrirChinnilarga tushirilgan paxta guli tasviri ustida koʻp izlanishlar boʻlgan. Markaziy Osiyoning, jumladan, Oʻzbekistonning ramzi hisoblangan paxta guli shu yurtning milliy qadriyatlari va oʻlka boyligini anglatuvchi ramz hisoblanar edi.
Paxta gulli chinnilar naqshi mashhur rassom R.Orifjonov moʻyqalamining mahsulidir. Buni „Toshkent-1961“-"Paxta" servizlar jamlanmasidan koʻrishimiz mumkin. Keyinchalik uning ortidan borgan rassom A.Nigʻmonov paxta guli naqshining „Samarqandcha nusxasi“ni yaratdi.Oʻzbekiston va butun dunyoga „paxta gulli“ sifatida mashhur boʻlgan bu nusxani Yoqubjon Qoraboyev o'ylab topgan va bu dunyoning ko'plab muzeylarida saqlanmoqda Manba xatosi: The opening <ref>
tag is malformed or has a bad name.
Foydali tomonlari
tahrirAsl paxta gulli chinnilar xitoy chinnilaridek oʻta sifatli. Bu chinnilar tarkibi jihatidan mustahkam boʻlishi bilan birga uzoq vaqt issiqlikni yaxshi saqlay oladi. Shu bois ham chinni idishlarga suzilgan taom va choy tezda sovib qolmaydi va mazasini yoʻqotmaydi.
Yengil chertilganda oʻzidan mayin va jarangdor ovoz chiqaradi.
Tarkibida glinozyom (alyuminiy oksidi) moddasining koʻpligi bois, zarb va kislotalarga chidamli. Gʻovakdorligi juda past boʻlgani uchun suv oʻtkazmaydiManba xatosi: The opening <ref>
tag is malformed or has a bad name.
Turlari
tahrirOq gil tuproqqa beriladigan ishlov turiga qarab chinnilar turlicha boʻladi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- qattiq chinnilar (eng oppogʻi va qattiq, mustahkami);
- yumshoq chinnilar (oqi ham, qattiqligi ham kamroq);
- suyaksifat chinnilar (oʻrtacha oqlikdagi va oʻrtacha qattiqlikdagi chinni).
Har uchala turdagi chinni buyumlardan oshxonada bemalol foydalanish mumkin. Ammo qattiq chinnilar doimo yuqori baholanadi[2]
Manbalar
tahrir- ↑ http://toshkentchinni.uz/uz/biz-haqimizda/ (Wayback Machine saytida 2022-12-06 sanasida arxivlangan), Toshkent chinni zavodi, 2020
- ↑ Paxta gulli chinnilar, M.Nazarova, Adolat koʻzgusi gazetasi, № 25 (1041), 25.06.2015