Paxtachi – Xalq deputatlari,Paxtachi tuman kengashi va tuman hokimligi gazetasi.

Paxtachi
Formati A2
Kimga tegishli Xalq deputatlari Paxtachi tuman kengashi va tuman hokimligi[1]
Asos solingan 1973-yil[2]
Bosh muharrir Sanjar Qurbonov
Tili o'zbek
Bosh ofisi Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, Ziyovuddin shaharchasi, Istiqlol mahallasi, Istiqlol ko'chasi, 58-uy
Adadi 542 nusxa (2019-yil)[3]

„Paxtachi“ gazetasining birinchi soni 1935-yili „Uchqun“ nomi ostida lotin alifbosida chop etilgan bo'lib, uning birinchi soniga  narpaylik jurnalist Norqul Tolipov muharrirlik qilgan.

1963-yilga qadar „Uchqun“ gazetasiga Hamdam Junaidov,  Xolchuchuk Mullajonova, Qudrat Mizomov, Soli Xoʻjayev, Ahmad Eshmurodov, Ismoil Ibrohimovlar muharrirlik qilgan.

1963-yildan 1973-yilga qadar Paxtachi tumani va  Narpay tumani  birlashgach, „Uchqun“ gazetasi ham „Qizil Norpoy“ gazetasi bilan birlashib, „Paxtakor ovozi“ nomi bilan nashr etila boshlagan. Oʻsha paytda nashrga dastlab Qudrat Mizomov, soʻng Ismoil Ibrohimov muharrirlik qilganlar.

1973-yil Paxtachi tumani qaytadan tashkil qilingach, Paxtachi gazetasi chop etila boshlandi. Nashrga Ismoil Ibrohimov muharrir etib tayinlanadi. Bu vaqtda gazeta haftasiga uch marta chiqarilgan va uzoq yillar 5-6 ming nusxadan chop etilgan. Shu vaqt ichida gazeta tahririyatida Obla Umarov, Fayzulla Oʻroqov, Bahriddin Shamsiyev, Qodir Shokirov, Umr Elmurodov, Bekmurod Safarov,  Togʻaymurod Qiyomov, Farmon Toshev[4], Mirtemir Norboboyev, Joʻraqul Narzullayev, Ismat Hasanov, Baxtiyor Qurbonov, Izzatulla Norquvvatov, Usmon Xalilov, Olim Xoʻjayevlar ishlagan[5].

Hozirgi paytda Paxtachi gazetasiga Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasining aʼzosi Murodulla Shukurov muharrirlik qilmoqda. Gazeta haftasiga bir marta chop etiladi. Tahririyatda uch nafar ijodiy xodim faoliyat yuritadi.

Bundan tashqari „Paxtachi“ning joylarda 50 nafardan ortiq doimiy muxbirlari bor. Ular orasida Qahramon Norboyev, Xolboy Haqqulov, Zamira Togʻaeva,  Ergash Qurbonov, Xolmurod Qahhorov,  Mardon Suyunov, Farangiz Xolboʻtaeva, Neʼmat Bobonorov, Ismatulloh Doliyev, Zamira Mamaniyozova, kabi muxbirlar bor.

Paxtachi gazetasi tahririyati qoshida „Nafosat“ yosh ijodkorlar toʻgaragi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Muassislar: Xalq deputatlari Paxtachi tuman kengashi va tuman hokimligi. Gazetaning bosh offisi Paxtachi tumani, Ziyovuddin shaharchasi Istiqlol koʻchasi, 58-uyda joylashgan. 2023-yil yanvar oyida Paxtachi gazetasi 542 nusxada chop etilishi eʼlon qilindi[6].

Manbalar tahrir