Paxtaorol (ruscha: Пахтаарал) — Sovet Ittifoqi davridagi Oʻzbekiston SSRning Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan sovet futbol klubi. Paxtaorol 1965-yilda Ilyich qishlogʻida tashkil etilgan.

Paxtaoral (futbol klubi)
Toʻliq nomi Paxtaoral (futbol klubi)
Asos solingan 1966-yil
Tugatilgan 1971-yil
Stadioni Paxtaaral Kolxozchi stadioni
Sigʻimi 1,000
Liga SSSR Ikkinchi ligasi

Tarixi

tahrir

Paxtaorol futbol jamoasi 1965-yilda Sirdaryo viloyatining Ilyich qishlogʻida tashkil etilgan boʻlib, mahalliy „Paxtaorol“ kolxozining vakili edi[1]. 1965-yilda jamoa SSSR kubogida ishtirok etgan. 1966-yilda jamoa SSSR ikkinchi ligasi B toifasi, Oʻrta Osiyo zonasi va Qozogʻiston ligasida debyut qilgan. 1970-yilgi mavsumda SSSR liga tizimining qayta tashkil etilishi munosabati bilan Oʻrta Osiyo zonasining B toifasiga tushib ketgan va u yerda 13-oʻrinni egallagan. Ammo keyinchalik jamoa havaskorlar musobaqalarida ishtirokini davom ettirgan. SSSR parchalanganidan keyin klub tarqatib yuborilgan.

1971-yil 28-iyunda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi „Oʻzbekiston SSR va Qozogʻiston SSR oʻrtasidagi chegarani qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida“gi farmon chiqargan, unga koʻra Kirov va Paxtaarol tuman hududlari Oʻzbekiston SSRdan Qozogʻiston SSRga qaytarilgan. Bugungi kunda bu hudud Qozogʻistonning Paxtaorol tumani tarkibidan joy olgan. 1998-yildan Ilyich qishlogʻi Atakent nomiga oʻzgartirilgan[2].

Stadion

tahrir

Klub uy oʻyinlarini Ilich shahridagi 1000 tomoshabinga moʻljallangan „Paxtaorol“ kolxoz stadionida oʻtkazgan.

Yutuqlar

tahrir
  • Ikkinchi ligada – 7-oʻrin („B“ toifasidagi zona turnirida 1967-yil).
  • Kubokda – 1/4 zona finalidagi magʻlubiyat (1967/1968).

Boshqaruv tarixi

tahrir

Futbolchilar

tahrir

Mashhur futbolchilar

tahrir
  •   Mirzohid Gʻulomov

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir