Paxtasimon gʻoʻza
Paxtasimon gʻoʻza (Gossypium gossypioides Ulbr.-Standl.) — yovvoyi gʻoʻza turi. Genomi D6, xromosomalar soni 2p=26. Meksikada (Oahaqa shtati va Sinaloa shtatining jan. qismida) tarqalgan. P.gʻ. koʻp yillik buta, boʻyi 3 m ga boradi, ayniqsa, yosh novdalari mayda tuklar bilan qoplangan, poyasi toʻq qizil tusga kiradi. Oʻsuv shoxlari kuchli rivojlangan, hosil shoxlari kal-ta. Barglari yirik, 12 sm cha, 3—5 boʻlmali. Boʻlmalari uchburchak shaklda, oʻtkir uchli. Yonbarglari chiziqlinashtarsimon, erta toʻkilib ketadi. Gullari yirik, qoʻngʻirsimon, gulbarglari oq yoki pushti, asosida toʻq qizil katga dogʻlari bor. Koʻsaklari mayda, 3— 4 chanoqli, tuxumsimon, uchi oʻtkir, sirtida tiniq smola bezchalari mavjud. Har bir chanogʻida 1—2 tadan kulrangyashil tukli (10 mm cha) uzunchoq chigiti bor. P.gʻ. — qurgʻoqchilikka chidamli, fo-todavriy oʻzgarishlarga taʼsirchan. Chigiti toshchigit. Raymond, meksi-ka va uch boʻlma bargli gʻoʻzalar bilan chatishadi.
Abdumavlon Abdullayev.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |