Pedogenez (yun. paidos — bola va ...ge-nez) — partenogenez shakllaridan biri, bir qancha umurtqasiz hayvonlar lichin-kasida urugʻlanmagan tuxum hujayradan yangi naslning rivojlanishi. P.ni rus zoologi N. P. Vagner (1862) yongʻoqyasarlar oilasiga mansub 2 qanotli hasharotlarda kashf etgan. Yongʻoqyasarlarning tuxumidan chikdan lichinka tanasi ichida pedogenetik lichinka rivojlanadi. Lichinka dastlab ona lichinka toʻqimalari bilan endoparazit oziqlanadi; keyinroq uning kutikulasini yorib chiqib, erkin yashashga oʻtadi. Bu hodisa bir necha marta takrorlanib, pedogenetik lichin-kaning bir necha nayeli rivojlanadi. Shundan soʻng metamorfozni tugatib, voyaga yetgan erkak va urgʻochiga aylanadigan lichinka paydo boʻladi. Urugʻlangan tuxumdan yana pedogenetik lichinkaning 1-nayel i vujudga keladi. P. — passiv tarqaladigan, voyaga yetgan davrida kam pushtli boʻlgan organizmlar uchun individlar sonini keskin oshirishga moslanishdan iborat. Ayrim qoʻngʻizlarda tirik tugʻadigan va tuxum qoʻyadigan pedogenetik lichinkalar boʻladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil